O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yil 1-oktabrdan boshlab, aloqa operatorlari bilan birgalikda raqamni saqlagan holda mobil operatorni o‘zgartirish tartibi va shartlari ishlab chiqiladi

2020-09-03 | Texnologiyalar

Bugungi kunda Ommaviy axborot vositalari va, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

Shundan kelib chiqib, bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 3 sentyabr kuni kuni brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1-oktabrdan mobil telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa mobil kompaniyaga o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida o‘qidim! Ya’ni agar men UzMobile abonenti bo‘lsam telefon raqamimni o‘zgarishlarsiz aynan shu ko‘rinishda kodi bilan birga boshqa mobil operatori abonenti sifatida rasmiylashtirishim mumkinmi?

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1-oktabrdan boshlab abonentlar boshqa uyali aloqa kompaniyasini tanlaganda ham telefon raqamini saqlab qolishi mumkin bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Joriy yil 1-oktabrdan mobil telefon raqamini saqlagan xolda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanilmaydi. Biroq shuni aytib o‘tishim mumkun bunday imkoniyat yaqin kelajakda paydo bo‘lishi kutilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-so‘zlarning tarqalishiga “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, hujjatga ko‘ra, mobil aloqa operatori o‘zgarganda raqamlari o‘zgarmay qolishi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan. Mazkur normativ hujjat joriy yil 31-iyul kuni qabul qilingan bo‘lsa-da, 1-okt-abrdan kuchga kirishi belgilangan. Ya’ni hujjat kuchga kirdi deganda, unda keltirilgan xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kirishi ko‘rsatilmagan.

Ushbu hujjat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamda vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bir kompaniyadan boshqa kompaniyaga o‘z mobil raqami bilan o‘tib, yangi abonent sifatida o‘sha kompaniya xizmatlaridan foydalanish dunyo tajribasida bor.

Qabul qilingan hujjatga asosan, o‘zbekistonlik abonentlarga ham ana shunday imkoniyatini taqdim etish harakatlari boshlandi. Ya’ni shu paytgacha bu borada ishlarni boshlash uchun huquqiy asos yo‘q edi.

Joriy yil 1-oktabrdan boshlab, aloqa operatorlari bilan birgalikda raqamni saqlagan holda mobil operatorni o‘zgartirish tartibi va shartlari ishlab chiqiladi. Bu jarayonda aholiga aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan mobil operatorlarning qonuniy huquq-manfaatlariga ustuvorlik beriladi.

Shundan so‘ng 2020–2021-yillarda mobil aloqa operatorlari tomonidan zarur infratuzilma tayyorlanadi, kerakli jihoz va qurilmalar sotib olinadi. Bu haqda mobil aloqa operatorlar bilan muhokamalar chog‘ida bir qarorga kelinadi.

Moddiy-texnik baza va me’riy hujjatlar yaratilganidan so‘ng, istalgan aloqa kompaniyasidan boshqasiga o‘zingiz ishlatib yurgan raqamingizni saqlagan holda o‘ta olasiz. Masalan, siz UMS yoki Beeline mijozisiz, ularga tegishli perifiksni saqlagan holda boshqa kompaniya, deylik, Ucell yoki UzMobile'ga o‘tishingiz mumkin bo‘ladi.

Bu barchamiz uchun juda yaxshi qulaylik bo‘ladi. Qaysi hududda bo‘lsangiz, qaysi mobil kompaniyasi yaxshi xizmat ko‘rsatsa, sizda boshqa kompaniya raqami bo‘lsa ham, yaxshi xizmat ko‘rsatayotgan kompaniyaning xizmatlaridan foydalanasiz.

Biz bu xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi vazirlik sifatida, aholiga aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi tadbirkorning ham, iste’molchilarning ham manfaatini birdek hisobga olishimiz kerak. Vazirlik ichki hujjatlari bilan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, 2021-yil oxirigacha mazkur tizimni amaliyotga to‘liq joriy etish rejalashtirilgan. Bu degani mazkur ish 2021-yilning dekabrigacha cho‘ziladi, degani emas; odatda reja tuzilganda turli omillarni inobatga olib uzoqroq muddat belgilanadi. Biroq ko‘pincha ishlar muddatidan oldinroq, hatto ancha oldin bajarilishi tajribamizda ko‘p kuzatilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться