O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vaziri rahbarligidagi respublika ishchi guruhining maktablardagi o‘rganish ishlari boshlandi

2020-09-03 | Ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining natijadorligini oshirish hamda o‘quvchilar va pedagog-xodimlarning sog‘ligini himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand viloyati bo‘yicha Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligida ishchi guruhi a’zolari maktablardagi o‘rganish ishlarini boshladi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonov bilan birgalikda Samarqand shahridagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish test topshirish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, maktablarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar e’tibor markazida bo‘lmoqda.

Darhaqiqat, Xalq ta’limi vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruhi a’zolari 2-14 sentyabr kunlari davomida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining epidemiologik xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘yilgan talablarning ijrosini ta’minlash holatini o‘rganadi. Maktablarning an’anaviy tarzda faoliyati yo‘lga qo‘yilishi oldidan har bir tuman va shaharlardagi maktablar bo‘yicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining xulosasi berilib, ushbu yo‘nalishda aniqlangan muammolar hukumat va mahalliy hokimlik darajasida hal etiladi.

Bugundan boshlab, viloyat xalq ta’limi boshqarmasida tuzilgan shtabda viloyat bo‘yicha 1255 ta maktab va maxsus maktab-internatlardagi o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarning natijalariga muvofiq, an’anaviy yoki onlayn ta’lim jarayonlari tashkil etilishi, o‘qituvchilarning test topshirganligi holati, maktabning dozator, pirometr, antiseptik vositalar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha aniq ma’lumotlar jamlanmoqda.

Muhim vazifalar o‘z yechimini topgach, barcha xulosalar Xalq deputatlari tuman yoki shahar Kengashi muhokamasiga kiritiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться