O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport operatsiyalari jadal davom etmoqda

2020-09-03 | Iqtisodiyot

Tahlillarga e’tibor qaratsak, joriy yilning o‘tgan davri davomida Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 786,3 million AQSh dollarini tashkil etdi.

So‘nggi yillarda tovarlarni xorijga eksport qilish borasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston Respublikalari bilan tashqi savdo aylanmasida savdo hajmi keskin ortgan. Bunda sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirish hamda soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvini joriy etilishi bilan bir qatorda qo‘shni davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanishining ham roli katta.

Boshqa davlatlar bilan esa tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Turkiya va Yaponiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 30 ta yirik hamkor davlatlar orasidan o‘nta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Sloveniya (19 million dollar), Tojikiston (17,9 million dollar), Litva (15,8 million dollar), Vengriya (14,4 million dollar), Qirg‘iziston Respublikasi (12,5 million  dollar) shular jumlasidan.

2020-yil yanvar-iyul oylarida viloyat tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 35,3 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2018-yilga nisbatan 3,5 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyat eksportyorlari soni 431 tani tashkil etib, ular tomonidan 151,5 million AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatiga ega tovar va xizmatlar eksport qilingan.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 95,3 foizni tashkil etib, ular asosan oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat mahsulotlari, mashinalar va transport asbob-uskunalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Keyingi uch yil ichida MDH mamlakatlariga eksport hajmi oshdi va ularning jami eksportdagi ulushi 2018-yil yanvar-iyuldagi 52,9 foizdan 2020-yil yanvar-iyulida 60,8 foizga yetdi. Mos ravishda boshqa mamlakatlarning jami eksportdagi ulushi 39,2 foizni tashkil etdi.

Import qilingan mahsulotlar orasida esa eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga tegishli. Ularning hajmi 34,9 foizni, asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari 19,3 foizni hamda kimyoviy vositalar 27,4 foizni tashkil qilgan.

2020-yil yanvar-iyul oylarida Samarqand viloyati 72 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importini amalga oshirgan.

Importda viloyatning asosiy hamkorlari Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozog‘iston, Yaponiya, Sloveniya va Germaniya davlatlari bo‘lib, ularning jami importdagi ulushi 70,4 foizni tashkil qilmoqda.

Garchi, keyingi uch yilda tashqi savdo aylanmasi umumiy ko‘rsatkichlari oshgan bo‘lsa-da, global pandemiya sababli eksport-import ko‘rsatkichlarining 2020-yil yanvar-iyul oylarida kamayganini kuzatish mumkin.

Bu davrda tashqi savdo aylanmasi 786,3 million AQSh dollarni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 199,3 million AQSh dollariga yoki 20,2 foizga kamaygani kuzatilmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться