O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va savdo sohasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2020-09-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi D.Rozenblyum bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda investitsiya va savdo sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy ahamiyatga molik qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni kuchaytirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Amerika kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq joriy masalalar va respublikada investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yirik sanoat guruhlari va transmilliy xoldinglarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbolli mexanizmlari alohida ko‘rib chiqildi.

Shu nuqtai nazardan, tomonlar investitsiyaviy hamkorlik salohiyatining yuqoriligini ta’kidlab, sifatli loyiha takliflarini ishlab chiqish maqsadida AQSh savdo va taraqqiyot agentligi (USTDA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatishga kelishib oldilar.

Markaziy Osiyo va Afg‘oniston mamlakatlarining iqtisodiy va infratuzilmaviy o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston va AQShning mintaqaviy hamkorlikning kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishdagi yondashuvlarning bir xilligi qayd etildi. Tomonlar “C5+1” platformasi doirasida hamkorlikda erishilgan yutuqlarni ijobiy baholab, “C5+1” Iqtisodiy ishchi guruhining bo‘lajak yig‘ilishi kun tartibidagi muayyan masalalarni muhokama qildilar. Yig‘ilishni o‘tkazishdan maqsad - mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.

Shu yilning oktyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo va investitsiya bo‘yicha doiraviy Bitimning (TIFA) virtual yalpi majlisini o‘tkazishning rejalari ko‘rib chiqildi. Bitim - bojxona-tarif jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sanitariya va fitosanitariya nazorati, intellektual mulkni himoya qilish va elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish uchun samarali platforma hisoblanadi.

Shuningdek, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (USDFC) bilan transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni jadallashtirish imkoniyatlari ustida ish olib borildi.

AQSh hukumatiga Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashishda o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari (SShU), himoya aksessuarlari hamda laboratoriya va tibbiy materiallarni O‘zbekistonga jo‘natish shaklida ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan sohalarda kelgusidagi hamkorlikka sodiqligini ta’kidladilar hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться