O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Budjet to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar

2020-09-03 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan birida budjet to‘g‘risidagi ma'lumotlarning shaffofligi, qamrovi hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlash belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha budjet to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilindi hamda amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “budjet ma'lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-son qarori ijrosi yuzasidan BMTTD hamda Moliya vazirligining “O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri chop etib kelinmoqda. Hozirgi kunda, 6 ta axborot nashri tayyorlanib, “Ochiq budjet” portalida joylashtirildi, shundan so‘nggi nashr 2020-yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti hamda 2019-yilda Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Fuqarolar uchun budjet nashri hisoblanadi. Mavjud amaliyotni hisobga olgan holda o‘quvchilar nashr sahifalarida Davlat budjeti, budjet daromadlarining va xarajatlarining prognoz ko‘rsatkichlari, parametrlari va ijrosi, budjet taqchilligining ko‘rsatkichlari va uning qoplash manbalari, davlat qarzi, budjetlararo munosabatlar va hokazolar to‘g‘risidagi muhim ma'lumotlar bilan tanishib olishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, barcha manfaatdor shaxslar Fuqarolar uchun budjet nashrini davlat tilida hamda rus va ingliz tillarida, shuningdek boshqa foydali ma'lumotlar jumladan, Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar bilan Moliya vazirligining rasmiy saytida (www.mf.uz) hamda “Ochiq budjet” axborot portalida (www.openbudget.uz) tanishib olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joylashtirib borilayotgan ma'lumotlar o‘quvchilarning keng doirasi uchun foydali bo‘lishiga umid bildiradi hamda mazkur ma'lumotlar budjet savodxonligini hamda fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishini oshirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться