O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Orasta va oqila qizlar

2014-11-05 | Jamiyat

O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan "Orasta qizlar" ko'rik-tanlovining mamlakat bosqichi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, "Sog'lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tanlovning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g'oliblari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlod, ayniqsa, qizlarning puxta bilim olishi, milliy an'ana va qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi, sport bilan shug'ullanishi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini egallashi yo'lida ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik ko'lami tobora kengayib bormoqda.

«Sog'lom bola yili» Davlat dasturi doirasida o'smir qizlar sog'lig'i haqida g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularni sport, badiiy ijodiyot, kasb ko'nikmalarini egallashga yo'naltirilgan to'garaklarga jalb etish, kollej bitiruvchilarining bandligini ta'minlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar hajmi ortmoqda.

2011-yilda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan mamlakatimizdagi barcha ta'lim maskanlarida «Orasta qizlar» to'garaklari tashkil etildi. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchi-qizlarda shaxsiy gigiyena va sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, erta turmush qurish hollarining oldini olish, nikoh yoshidagi qizlarga oila, uning muqaddasligi haqida tushunchalar berishdan iboratdir.

Поделиться