O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi JICA vakolatxonasining yangi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-08-31 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining yangi tayinlangan rahbari S.Miyazaki va 2018-yildan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan M.Takasaka bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida joriy hamkorlik masalalari va O‘zbekistonda JICA loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Xususan, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini yuksaltirish, eksport salohiyatini oshirish va birinchi o‘rinda qishloq joylarida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi doirasida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlar rejalashtirildi.

O‘zbekiston tomoni M.Takasakaga ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasidagi hissasi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. Shu o‘rinda, 2019-yilning dekabr oyida JICA bilan umumiy qiymati 3,5 mlrd dollarga teng bo‘lgan Hamkorlik dasturi imzolanganligi muhim yutuq bo‘ldi. Ushbu dastur o‘rta muddatlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha JICA vakolatxonasining O‘zbekistondagi yangi rahbari bilan oldin boshlangan tashabbuslarni jadal amalga oshirishni hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlarni qamrab olib, hamkorlik ko‘lamini kengaytirishni nazarda tutgan holda ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasini saqlab qolish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: M.Takasaka JICAning O‘zbekistondagi Bosh vakili sifatida faoliyatini shu yilning avgust oyida yakunlaydi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться