O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi

2020-08-29 | Siyosat

Bu ulkan loyihani loyihalashtirish 2017-yilda boshlangan edi. Qurilishning borishi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Shu kunlarda yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi bitkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

«Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan mazkur yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, o‘ziga xos dizaynda qurilgan. Ular yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘l kira haqini elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

«Qo‘yliq» bekatida keyingi bosqichlar qurilishi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Yerusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bo‘lib, beshta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining “Olmazor” bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo‘lgan qism quriladi. So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do‘stlik” bekatiga ulanadi. Bu yo‘llarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться