O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Xelsinki+45: YXHTning barcha 57 ishtirokchi davlatlari uchun O‘zbekiston misolida hozirgi bosqichdagi majburiyatlarning dolzarbligi” mavzusidagi onlayn konferensiya to‘g‘risida

2020-08-29 | Siyosat

2020-yilning 28-avgust kuni Xelsinki Yakuniy akti imzolanganining 45 yilligiga bag‘ishlangan “Xelsinki+45: YXHTning barcha 57 ishtirokchi davlatlari uchun O‘zbekiston misolida hozirgi bosqichdagi majburiyatlarning dolzarbligi” mavzusida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi tomonidan tashkillashtirildi.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbayeva, YXHT amaldagi raisi, Albaniya Bosh vaziri, Yevropa va tashqi ishlar vaziri Edi Rama, YXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi, YXHTning nizolarning oldini olish markazi direktori Tuula Yuryola nutq so‘zladilar.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov, mamlakatimizdagi YXHT loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirlik va idoralari rahbariyati, YXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor va Tashkilot tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Xelsinki Yakuniy aktining zamonaviy dunyodagi ahamiyati hamda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Videoforum ishtirokchilariga mamlakatimizda ochiq va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, asosiy erkinliklar va inson huquqlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan natijalar hamda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xelsinki Yakuniy aktining ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatida ushbu xalqaro hujjatning barcha asosiy tamoyillariga amal qiladi hamda rivojlanish, inson huquqlari va xavfsizlik masalalarini ajralmas va o‘zaro bog‘liq deb hisoblaydi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться