O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Videokonferentsiya orqali voleybol sport turi rivoji muhokama qilindi

2020-08-29 | Sport

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamoaviy sport turlaridan terma jamoalarimiz qayd etayotgan natijalar muxlislarni qattiq ranjitayotgani bor gap. Ochig‘i, jamoaviy o‘yin turlarida vakillarimizning Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi tugul unga yaqinroq borishi ham biz uchun haqiqiy bayramga aylanib ketadi. Afsuski, yaqin yillarda jamoaviy o‘yin turlarida terma jamoalarimiz o‘z muxlislariga shuni ham ravo ko‘risholmayapti.

Yurtimizda eng ommaviylashgan hamda sevimli sport turlaridan bo‘lmish voleybol ham bundan mustasno emas. Ushbu sport turidan musobaqalarning deyarli yo‘qligi, faqatgina Oliy liga bahslarining o‘tkazilishi sabab terma jamoalarimiz hatto mintaqada ham o‘z mavqeini boy bermoqda. Yoshlar o‘rtasida selektsiya ishlarining deyarli olib borilmayotgani, terma jamoaga munosib zaxira shakllantirish borasidagi ishlar ham qoniqarsiz darajada ekanligi kishini xavotirga soladi. Agar ahvol shu zaylda davom etaversa, ertaga yurtimizda voleybol sportining taqdiri qanday bo‘ladi?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan videokonferentsiyada ana shu masalalarga jiddiy e’tibor qaratildi.

Konferentsiyada Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, vazirlik va qo‘mita mutasaddilari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rahbariyati, uning viloyatlardagi bo‘limlari vakillari hamda trenerlar ishtirok etishdi.

Videokonferentsiya keskin, ta’bir joiz bo‘lsa tanqidiy ruhda o‘tdi. Unda ishtirok etgan mutaxassislar, ya’ni hududiy bo‘limlarning vakillari federatsiyada ish mexanizmi to‘g‘ri tashkil etilmagani, tashkilotchilik masalalaridagi muammolar, jamoalar muntazam shug‘ullanishi uchun sport bazalari yetishmasligi yoki yo‘qligi, natijada selektsiya ishlarini tashkil etish oqsayotganligini aytib o‘tishdi hamda bu muammolarni bartaraf etish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi borasida o‘zaro fikr almashildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться