O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sug‘urta sohasidagi Qonun loyihalari xalqaro ekspertlar bilan muhokama qilinmoqda

2020-08-29 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi 4412-sonli “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida amaldagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni xalqaro standartlarga mos ravishda yangi tahrirda ishlab chiqish va “Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash belgilangan.

Shu sababli, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi hamda Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida qonun loyihalarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb etish yuzasidan texnik vazifalar (term of reference) belgilab olingan bo‘lib, ishlab chiqilgan qonun loyihalarining xalqaro standartlarga mosligi xalqaro ekspertlar bilan muhokama qilinmoqda.

Texnik vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 26-avgustida Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan jalb etilgan The International Securities Consultancy xalqaro maslahat tashkiloti o‘rtasida navbatdagi videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiya davomida yuqoridagi Qonun loyihalarini ishlab chiqishda Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi tomonidan belgilangan Sug‘urtaning asosiy prinsiplariga mos holda tayyorlash lozimligi ta'kidlandi. Bunda sug‘urta tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash masalalari, sug‘urta kompaniyalarini birlashtirish va sotib olish tartiblari, sug‘urta shartnomalarini ishlab chiqishda shartnoma shartlariga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi. Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakatimizda qayta sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-sentabrdagi 202-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasiga kirishi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasining a'zosi hisoblanadi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться