O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti
2020-08-29 | Jamiyat
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan o‘z Vataniga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yo‘l va charter reyslari amalga oshirilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020 yilning 28 avgustidan boshlab "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi.
Hozirda vatandoshlarimizning aynan bir hudud, jumladan, temir yo‘l stansiyalarida to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda
Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.
Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi