O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijodiy izlanish yoʻlida

2020-08-28 | Madaniyat

Jasvantbek Annazarov Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining loyihalari, rang-barang koʻrgazmalarida, Tasviriy va amaliy sanʼat festivallarida doim faol qatnashadi. Ijoddan, izlanishdan toʻxtamaydi.

1987-yili Urganchda tavallud topgan Jasvantbekning otasi musavvir, onasi kutubxonada ziyo tarqatgan. Sanʼat yoʻnalishidagi litseyni tamomlagan Jasvantbek Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsilni davom ettirdi. Haykaltaroshlik sirlarini dastlab otasi, keyinchalik rassom Soliy Qodirov, Oʻzbekiston xalq rassomi, rahmatli ijodkor Ravshan Mirtojiyevdan oʻrgandi. Mohir musavvir-haykaltarosh ustaxonasida birgalikda izlangani, ijod qilgani Jasvantbek uchun faqat katta mahorat sabogʻi boʻldi.
 
U ijodning dastlabki yoʻlida “Men nechun sevaman, Oʻzbekistonni?” ijodiy tanlovida birinchi oʻringa munosib topildi. Oʻzbekiston rassomlarining 2007-yilda Misrning Qohira shahrida oʻtkazilgan koʻrgazmasida muvaffaqiyatli qatnashdi. 2009-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan MDH mamlakatlarining haykaltaroshlari simpoziumida ishtirok etdi.
 
Ijodkor Jizzaxda atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov siymosi aks haykali, Buxoro bilan Fransiyaning Ryuey Malmezon shahri oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik ramzi sifatida mazkur olis kentda oʻrnatilgan Ibn Sino bobomiz haykalining muallifi. Yaqindagina poytaxtimizda qad rostlagan “Gʻalaba bogʻi”dagi “Mangu jasorat”, “Adiblar xiyoboni”da gavdalantirilgan bir qator ijodkorlar siymosi J.Annazarovga taalluqli. Haykaltarosh 2018-yilda “Shuhrat” medaliga munosib topildi.
 
Prezidentimizning joriy yil 27 avgusdagi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra Toshkent shahridagi “TIART” masʼuliyati cheklangan jamiyati haykaltaroshlik korxonasi direktori, Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Jasvantbek Annazarov Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi faxriy unvoniga munosib topildi.
 
– Kutmagandim, – dedi haykaltarosh mulohazakorlik bilan. – Oilamiz bilan bunday yuksak eʼzoz va eʼtibordan mamnun boʻldik. Bularning barchasi hali koʻp izlanishga, ishlashga, yangi asarlar yaratishga zoʻr ilhom beradi.
 

Nazokat USMONOVA, OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться