O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiyda 14 ming 377 ta oilaga 11 milliard 265 million soʻmlik yordam koʻrsatildi

2020-08-28 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20-aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon bilan taʼminlash koʻlamini yana-da kengaytirish kerakligi taʼkidlangan edi.

Xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati yoʻlga qoʻyilgan.
 
Bugungi kunda jamgʻarmaning viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari hisob-raqamlariga hududlardagi homiylar va mahalliy byudjetlar daromadining rejadan ortiq bajarilishidan jami 22 milliard 213 million soʻm pul mablagʻlari kelib tushdi.
 
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan pandemiya davrida daromad manbaini yoʻqotgan, ehtiyojmand va kam taʼminlangan 14 ming 377 nafar oilaga 11 milliard 265 million soʻmlik yordam koʻrsatildi. Yaʼni 9 ming 94 ta oilaga kundalik isteʼmol tovarlari, 1 ming 635 ta oilaga dori vositalari, 2 ming 183 ta oilaga elektron va naqd pulda moddiy yordam koʻrsatilgan boʻlsa, 1 ming 465 ta oilaga boshqa turdagi yordam koʻrsatildi. Bundan tashqari, jamgʻarma hisobidan Sirdaryo viloyatidagi toshqindan talofat koʻrgan fuqarolarga 5 millard 940 million soʻmlik yordam koʻrsatildi.
 
Bugun ushbu tadbirlarda faol jonbozlik koʻrsatgan hokimlar, sektor rahbarlari, saxovatpesha tadbirkorlar va fuqarolar hamda fuqarolar yigʻinlari raislari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
 
Taqdirlash marosimida Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov ham ishtirok etdi.
 
Abduvali BOʻRIYEV

Manba: O'zA

Поделиться