O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi» xalqaro onlayn musobaqaga start berildi

2020-08-28 | Sport

Og‘ir atletika bo‘yicha Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan xalqaro turnir rejalashtirilgan edi.

Bugun «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi» onlayn musobaqasi start oldi. Ushbu musobaqaga dunyoning 40ga yaqin mamlakatlaridan 150 nafardan ortiq atletlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ular orasida Olimpiada va jahon chempionlari Zulfiya Chinshanlo (Qozog‘iston), Luis Moskera (Kolumbiya), Li Venven (Xitoy) kabi nomlarni ko‘rish musobaqaga bo‘lgan qiziqishning ne chog‘lik ulkan ekanini ko‘rsatib turibdi. O‘z navbatida, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo‘rayev, Muattar Nabiyeva, Kumushxon Fayzullayeva kabi nomdor vakillarimiz ham o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Bu galgi onlayn musobaqada yurtimiz sharafini 8 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Bugun erta tongdan musobaqani S guruhidan o‘rin olgan ayollar -55kg, -59 kg, -71 kg va -81 kg vaznda boshlab berishdi.

Birozdan so‘ng ya’ni soat 11:00 dan esa V guruhi ishtirokchilari chiqishlariga start beriladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada jamoamiz 8 nafar sportchi bilan ishtirok etadi va ularning barchasi «A» guruhidan o‘rin olishgan.

Quyida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz bilan tanishishingiz mumkin:

28-avgust:
17:00 - Muattar Nabiyeva, Nigora Abdullayeva
20:00 - Kumushxon Fayzullayeva

29-avgust:
14:30 - Adhamjon Ergashev (shu vaqtning o‘zida ochilish marosimi)
18:00 - Tursunoy Jabborova
21:30 - Sarvar Zafarjonov

30-avgust:
17:00 - Farhod Sobirov
19:00 - Akbar Jo‘rayev

Vakillarimizning chiqishi «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, quyidagi havola orqali musobaqaning to‘liq qismini tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/c/InternationalWeightliftingFederation

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться