O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion Oʼzbekiston: kelajakka intilayotgan mamlakat

2020-08-28 | Innovatsiya

Joriy yilning 27-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi hamkorligida Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan «Innovatsion Oʼzbekiston: kelajakka intilayotgan mamlakat» mavzusida axborot texnologiyalarini qoʼllagan holda masofaviy anjuman oʼtkazildi.

Аnjumanda soʼnggi yillarda innovatsion rivojlanish yoʼlida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi qilindi. Joriy yilda Oʼzbekiston Respublikasining «Innovatsion faoliyat toʼgʼrisida»gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan sohada belgilangan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha hamkorlikdagi ishlar koʼlamini belgilab olindi. Shuningdek sohada olib borilayotgan ishlarning ijobiy natijasi sifatida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan barpo etilgan Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi «Yashnobod» innovatsion texnoparkining ochilish marosimini oʼtkazildi.

Ushbu tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi aʼzolari – deputatlar, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti vakillari, masʼul rahbarlari va xodimlari, OАV vakillari ishtirok etdilar.

Soʼnggi yillarda boshqa sohalar kabi innovatsion rivojlanish sohasi ham jadal qadamlar bilan rivojlanib kelmoqda. Аlbatta, innovatsion rivojlanish Oʼzbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy oʼzgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasini 2019-2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Strategiyaning bosh maqsadi inson kapitalini rivojlantirish, 2030-yilgacha Global innovatsion indeks reytingi boʼyicha jahonning 50 ta ilgʼor mamlakati tarkibiga kirish etib belgilandi.

Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilganligi , jumladan «Yashnobod» innovatsion texnoparki yuqori texnologiyalarni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitni yaratish, ilmiy, texnologik va innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini taʼminlash, kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish, ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni yoʼlga qoʼyish maqsadida tashkil etilganligi taʼkidlandi.

Shundan soʼng «Yashnobod» innovatsion texnoparkining rasmiy ochilish marosimi oʼtkazildi.

Bugungi kunga qadar «Yashnobod» innovatsion texnoparkida 32 ta loyiha rezident maqomini olgan. Ular asosan kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, oʼsimliklarni himoya qilish vositalari, qishloq xoʼjaligi, qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʼnalishlarida faoliyat yuritmoqdalar.

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun jami 31,9 mln. АQSh dollari miqdorida shaxsiy mablagʼlar hamda 15,6 mln. АQSh dollari — kredit mablagʼlari jalb qilinishini rejalashtirilgan.

Аlbatta, barcha sohada, shu jumladan innovatsion rivojlanish sohasida qoʼlga kiritilgan yutuq va natijalarni endi boshlangan tub islohotlarning debochasi deb qabul qilish lozim. Onlayn uchrashuv davomida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga koʼtarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish boʼyicha eng muhim ustuvor yoʼnalishlarni amalga oshirish maqsadida faoliyatni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbir yakunida Oʼzbekiston Respublikasining «Innovatsion faoliyat toʼgʼrisida»gi qonunidan kelib chiqadigan sohada belgilangan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha shakllantirilgan quyi palataning Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʼmitasi hamda Innovatsion rivojlantirish vazirligining hamkorlikdagi ishlari rejasi, aytish lozimki, innovatsion usulda axborot tizimlari orqali ERI yordamida tasdiqlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться