O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʻrsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
2020-08-27 | Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash ishiga oʻzining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qoʻshgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish borasidagi alohida xizmatlari, oʻz hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan
Abdullayev Murod Bobojonovich - Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati
Isoqulov Toʻlqin Oʻrolovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshligʻi
Kariyev Gʻayrat Maratovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Navroʻzov Mahmadali - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi boʻlimi boshligʻi, Qashqadaryo viloyati
Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshligʻi
Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna - Fargʻona tumanidagi “Shohimardonobod” qishloq vrachlik punki mudiri, Fargʻona viloyati
Inoyatova Flora Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
Ergashova Muxtasarxon Yoʻldoshevna - Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Andijon viloyati
Sagirov Anvar Midxatovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
Hojiboyev Abduhakim - Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Jumayev Baxtiyor Shernovich - Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati
I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Beknazarov Jumanazar Beknazarovich - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining urologiya boʻlimi professori
Rahmatullayev Mahmud - Karmana tumanidagi 1-qishloq vrachlik punkti mudiri, Navoiy viloyati
Toʻrayev Namoz Abdusamatovich - Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori oʻrinbosari
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Boboyeva Zamira Qayumovna - Navoiy viloyati bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi
Karimova Rahbar Nurmatovna - Jizzax viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi pediatr shifokori
Mahmudova Mahbuba Omonovna - Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikasining bolalar nevropatologi, Toshkent shahri
Salomov Ulugʻbek Inoyatovich - Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya boʻlimi mudiri
Xolboyeva Tursun Omondullayevna - Sirdaryo viloyati Bolalar uyi bosh shifokori
“Doʻstlik” ordeni bilan
Agranovskiy Mark Leyzerovich - Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri
Ahmediyev Mahmud Mansurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar boʻlimi mudiri
Karimjonova Vazira Xolmatovna - Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinik biokimyo diagnostika laboratoriyasi mudiri
I darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Abdujabbarov Xolmoʻmin - Gʻallaorol tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi infeksionisti, Jizzax viloyati
Abdurazzoqov Alijon Gʻaniyevich - Uchkoʻprik tumanidagi “Mehrigiyo” xususiy korxonasi agronomi, Fargʻona viloyati
Abdurayimov Bahodir Tursunovich - “Chortoq resort” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Namangan viloyati
Abdurahmonov Komil Hamroqulovich - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi boʻlim mudiri
Borisova Yelena Mixaylovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi
Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich - Chilonzor tumanidagi “Magnum Medikal Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Mamarahimov Habibulla Muxtorovich - Izboskan tumanidagi “Doktor Habibullo shifo nur” xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Andijon viloyati
Muhiddinova Minnigul Asqarovna - Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining birinchi oʻrinbosari
Nazirov Feruz Gʻafurovich - “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat unitar korxonasi direktori
Obidov Qobuljon Orifovich - Marhamat tumanidagi “Orifjon shifo maskani” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Roʻzimuhamedov Nurulla Sunnatullayevich - Olmazor tumanidagi “New Life Medical” xorijiy korxonasi taʼsischisi, Toshkent shahri
Sirojiddinov Komiljon Bobojonovich - Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati
Ubaydullayev Oʻrozboq - Jizzax viloyatidagi “Istiqlol” bolalar oromgohi direktori
Usmonov Hoshim Hamidovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali boshligʻi
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Abdullayev Omondulla Ubaydovich - Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi
Abdullayeva Shohista Ergashevna - Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻlimi mudiri
Abduxalilova Gulnora Qudratullayevna - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti loyiha rahbari
Akbarova Farida Shorahimovna - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Boʻston sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
Allanazarov Sayfulla Suyarqulovich - Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti
Boʻtayeva Dilbarxon Ahmadovna - Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Namangan viloyati
Dolimova Dilbar Akbarovna - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri
Dushamova Mehribon Shavratovna - Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori
Jalilov Adham Qahramonovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardioxirurgiya boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Ismoilova Gulnora Ahmedovna - Samarqand shahridagi “Dardgir-shifo” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Ismoilova Adolat Abdurahimovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri
Qobilova Shahodat Bobomurodovna - Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari
Qalandarova Lola Nurullayevna - Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori
Karimova Nargiz Quddusovna - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʻlimi bosh shifokori
Madaminov Maʼrifjon - Respublika oʻlat profilaktikasi markazi vabo epidemiologiyasi va bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri
Mamadiyorov Abdibullo Meyliyevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi bosh shifokorining oʻrinbosari
Meyliyev Qahramon Ergashovich - Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi Jeynov shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati
Mirones Olga Artemovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri
Nurullayev Qurbonnazar Aminovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktika yordam koʻrsatish xizmati bosh shifokori
Oltiyev Usmon Bebitovich - Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi mudiri
Pirnazarov Maʼruf Mahmudjonovich - Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi boʻlim boshligʻi
Sultonova Muhabbat Muydinovna - Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori
Toʻrayev Ahmad Musurovich - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Ubaydullayev Vahobiddin Hoshimovich - Fargʻona viloyati perinatal markazi reanimatsiya boʻlimi mudiri
Umarov Shuhrat Jumadullayevich - Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi laboratoriya mudiri
Xoʻjayev Bozor Ozodovich - Shahrisabz tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatolog shifokori, Qashqadaryo viloyati
Hojimuhamedova Raʼno Abdullayevna - Olmazor tumanidagi “Gʻuncha Med servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Xudoyberganov Ramatillo Karimovich - Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Xorazm viloyati
Sharipov Ravshan Ollayorovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi
Yuldoshev Abduvohid Abdurashidovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori
Yuldoshev Safarboy Rajabovich - Tuproqqalʼa tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Xorazm viloyati
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Rizayev Kamol Saidakbarovich - Toshkent davlat farmatsevtika instituti rektori
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Abdurahmonov Abubakir Ahmedovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bosh sanitariya shifokori
Arabova Salima Bozorovna - Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi diagnostika boʻlimi ultratovush tekshiruvi shifokori, Surxondaryo viloyati
Bayburina Goʻzal Salavatovna - Markaziy harbiy klinik gospitali anesteziologiya va reanimatsiya boʻlinmasi feldsher-katta tibbiyot hamshirasi
Bayzaxova Raya Kosshigulovna - Tomdi tumanidagi “Keregetau” qishloq vrachlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
Dilov Elbek Shukrulloyevich - Buxoro viloyati narkologiya dispanseri reabilitatsiya boʻlimi narkolog-shifokori
Ibodullayeva Nargiz Sapiyevna - Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi
Ismatova Raʼno Ahadovna - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori
Karimberdiyev Bahriddin Ismatillayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari boʻyicha oʻrinbosari
Mamadaliyev Joʻraqul - Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi harbiy gospitali jarrohlik boʻlinmasi vrachi
Pirova Feruza Boltayevna - Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri
Rahmonova Goʻzalxon Sadbarovna - Namangan shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitariya-bakteriologiya boʻlimi laboranti, Namangan viloyati
Tojiboyev Farhodjon Mahmudovich - Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Andijon viloyati
Esamuratov Ravshanbek Ibragimovich - Xorazm viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi shifokori
Eshonqulova Hilola Abdusalomovna - Samarqand viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi sunʼiy buyrak boʻlimi katta tibbiy hamshirasi
Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna - Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Saidazimov Firuz Shoazimovich - Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining boshlangʻich tashkilot yetakchisi (volontyor)
Safarova Kamola Hamroyevna - Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi (volontyor)
“Jasorat” medali bilan
Neʼmatov Odiljon Nizomiddinovich (marhum) - Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining oʻpka sili jarrohligi boʻlimi mudiri
Rustamov Farrux Farhodovich (marhum) - Toshkent viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
Sharipova Venera Vasilyevna (marhum) - Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri
Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum) - Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri
“Shuhrat” medali bilan
Barotova Kamola Uzoqovna - Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Buxoro viloyati
Dehqonova Shahnoza Zoirovna - Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti
Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti dekani
Mardonova Sohiba Mamarahimovna - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hamshirasi
Sagdullayev Abdullo Narzullayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi epidemiolog shifokori
Suvonqulov Oʻktamjon Toirovich - Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori
Xayriddinova Nasibaxon Noʻmonovna - Andijon viloyati “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar internat uyi hamshirasi
Xolmurodov Oʻrozmurod Qarshiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari epidemiologiya boʻlinmasi boshligʻi
Xudoyqulova Gulnora Karimovna - Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti
Sharipov Azamat Bahodirovich - Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi boʻlim mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Manba: O'zA