O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbekistonda mavsumiy ishchilarni adolatli ishga yollash” mavzusida Buxoro viloyatida videokonferensaloqa shaklida o‘quv-trening tashkil etildi
2020-08-27 | Jamiyat
Munosib mehnat tushunchasi orqali mehnat sohasidagi xalqaro me’yor va tamoyillar, xodimlar ijtimoiy himoyasini kengaytirish, davlat organlari, ish beruvchilar tashkilotlari va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ilgari surilgan tamoyillarga asoslanadi.
Hozirda Xalqaro mehnat tashkilotining yana 4 ta konvensiyasini ratifikasiya qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikdagi eng muhim yutuqlar qatorida XMTning 144-sonli konvensiyasi, ya’ni uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi «Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Kasaba uyushmalari federasiyasi» Konvensiyasining ratifikasiya qilinishidir.
Бугун Халқаро меҳнат ташкилотининг Шарқий Европа ва Марказий Осиё давлатлари бўйича Бюроси экспертлари ҳамда Бандлик ва меҳнат муносабатлари марказий аппарати иштирокида “Ўзбекистонда мавсумий ишчиларни адолатли ишга ёллаш” мавзусида Бухоро вилоятида видеоконференцалоқа шаклида ўқув-тренинг ташкил этилди.
Tadbirda, asosan, muhim masalalarga, ya’ni paxta yig‘im-terimi ishlarini faqatgina paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan joylardagi jamoat tashkilotlari ko‘magi asosida amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu ishlarga mahalliy ijro hokimiyati vakillari aralashuvining oldini olishga e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Mazkur videokonferensaloqa shaklidagi o‘quv mashg‘ulotlar viloyatlar bo‘ylab ham o‘z ishini davom ettiradi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi