O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini baholash tizimi va mezonlari masalalariga bagʻishlangan vebinarni

2020-08-27 | Ta’lim

Joriy yilning 26-avgust kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi va UNICEF bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda “Taʼlim sifatini taʼminlash va baholash tizimi: zamonaviy yondashuv va yangi talablar” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Qahramon Olimov, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, taʼlim sohasi boʻyicha xalqaro maslahatchi Majena Rafalska, inspeksiyaning hududiy boʻlimi boshliqlari hamda barcha tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlash va metodik xizmatni tashkil etish shoʻba mudirlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ichki baholash va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartiblari boʻyicha qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, taʼlim sifatini baholash tartibi va akkreditatsiyalashning yangi institutsional tizimi, taʼlim sifatini baholash mezonlari, ularning mazmuni hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalash jarayoni haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Seminarda xalqaro ekspertlar pandemiya sharoitida taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xorij tajribasi haqidagi oʻz fikrlari bilan ham oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, Taʼlim inspeksiyasi tomonidan taʼlim sifatini taʼminlash va baholash boʻyicha yaratilgan raqamli texnologiyalar, uslubiy qoʻllanmalar va baholash vositalarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu uslubiy qoʻllanma va raqamli texnologiyalar pandemiya sharoitida taʼlim-tarbiya sifatini onlayn monitoring qilish, ota-onalar bilan faol muloqotni ushlab turish hamda tarbiyachilar uchun taʼlim sifatini taʼminlashda oʻrni muhimligi ishtirokchilar tomonidan eʼtirof etildi va yangi oʻquv yilini boshlash uchun zarurligi taʼkidlandi.

Taʼkidlanishicha, pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini mamlakatimiz aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirmoqda. Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasini monitoring qilish onlayn tarzda yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, seminarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish yakunlari boʻyicha tayyorlanadigan hujjatlarni rasmiylashtirish, tashkilotlar akkreditatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishda taʼlim sifatini oshirishning omillari boʻyicha ham oʻzaro fikr almashildi.

Seminar oʻz ishini 27-avgust kuni davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Поделиться