O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Majburiy mehnatning oldini olishga bag‘ishlangan onlayn o‘quv vebinarlari tashkil etildi

2020-08-27 | Jamiyat

Joriy yilning 20-26-avgust kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda “Majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish” hamda "Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan talablari” mavzulariga oid onlayn o‘quv vebinarlari tashkil etildi.

Respublikamizning barcha hududlaridagi Davlat mehnat inspektsiyasi, Adliya boshqarmalari va Kasaba uyushmalari federatsiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan bu tadbirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirishda qonunchilikni qo‘llash amaliyoti, shu bilan birga faktik ma’lumotlarning va huquqbuzarlikning asl mohiyatini ko‘rsatib beruvchi asoslarning mavjudligiga e’tibor berish to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

2019-yil davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar holati va boshqa nizoli vaziyatlarning qonuniy yechimlari amaliy misollar bilan tahlil qilindi hamda Davlat mehnat inspektsiyasi xodimlariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi.

Onlayn seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar borasida fikrlar almashishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться