O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nego Board maxsus platformasi

2020-08-26 | Iqtisodiyot

Ushbu sayt yirik aktsiyalar paketlarini sotish bo‘yicha Nego Board muzokara auktsion bo‘limida savdoning shaffofligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va Nego Board muzokara auktsion bo‘limida bitimlar tuzish uchun potentsial xaridorni aniqlash «Toshkent» Respublika fond birjasining arizalarini qabul qilish uchun maxsus platforma hisoblanadi.

Nego Board auktsioni muzokaralar bo‘limi o‘zi nima?

Ushbu bo‘limda milliy valyutada blok-treyding savdo rejimida qimmatli qog‘ozlar paketi umumiy sonining kamida 1 foizi miqdorida (ariza berilgan sanadagi qimmatli qog‘ozlar hajmidan kelib chiqib) kelishuv amalga oshiriladi.

Platforma quyidagi sub'yektlar uchun mo‘ljallangan:

• Korxonaning 1 foizdan ortiq bo‘lgan aktsionerlik kapitalida qatnashishni istagan yirik investorlar;

• Birjada ulushi sotilishi rejalashtirilgan davlat va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar;

• Kompaniyaning ustav kapitalidagi ulushini tez va foydali sotishni istagan aktsiyadorlar.

Muzokaralar bo‘limining afzalliklari quyidagilardan iborat:

• Aktsiyalar paketini yuqori narxda realizatsiya qilish;

• Xaridorni tanlash mumkin bo‘lgan ma’lum bir vaqtni belgilash imkoniyati;

• Narxlarning o‘zgarishini va potentsial xaridorlar sonini real vaqtda kuzatib borish qulayliklariga ega.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur muallifi  «Toshkent»  Respublika  fond  birjasi  aktsiyadorlik jamiyatiga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 08313 raqamli guvohnoma berildi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi

Поделиться