O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlar, shikoyatlar, munosabatlar uchun maxsus Bot

2020-08-25 | Jamiyat

Hurmatli soliq to‘lovchilar! 

Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplash (qaytarish) bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan soliq to‘lovchilar uchun qayta aloqa Telegram-botini ishga tushirmoqda.

Murojaatlar, shikoyatlar, munosabatlar @qqs_qaytarish_bot manziliga yuboriladi.

Korxona nomi, STIRi va murojaatni qabul qiluvchi soliq organini ko‘rsatishni unutmang.

Eslatib o‘tamiz, QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) yangi qoidaga ko‘ra, soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq boshqarmasi tomonidan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.

Davlat soliq xizmati - insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться