O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mavsumiy ishchilarni adolatli ishga yollash - Farg‘ona viloyatida yangi formatdagi o‘quv-trening

2020-08-25 | Jamiyat

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Munosib mehnat dasturi erkin, adolatli va xavfsiz mehnat, ishchining mehnatini qadrlash tamoyillariga asoslanadi.

Xalqaro normalarni milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bugungi kungacha Xalqaro mehnat tashkilotining 17 ta konvensiyasi va 1 ta bayonnomasi ratifikatsiya qilingan, shulardan 8 tasi asos soluvchi konvensiyalardir. 

Bugun Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha Byurosi ekspertlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari markaziy apparati ishtirokida “O‘zbekistonda mavsumiy ishchilarni adolatli ishga yollash” mavzusida Farg‘ona viloyatida videokonferensaloqa shaklida o‘quv-trening tashkil etildi. Tadbirni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzakov ochib berdi. 

Hozirda yana Xalqaro mehnat tashkilotining 4 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, ushbu treninglarni respublikamiz bo‘ylab davlat tashkilotlari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlari rahbarlari, adliya organlari xodimlari, Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillarini jalb qilgan holda o‘tkazish belgilangan. 

Bu bilan paxta yig‘im-terimi ishlarini faqatgina paxta-tekstil klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan joylardagi jamoat tashkilotlari ko‘magi asosida amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu ishlarga mahalliy ijro hokimiyati vakillarining aralashuvini oldini olish nazarda tutilgan.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Ushbu videokonferensaloqa shaklidagi o‘quv mashg‘ulotlar viloyatlar bo‘ylab ham o‘z ishini davom ettirishi rejalashtirilgan. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться