O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi TIV Operativ shtabi axboroti

2020-08-25 | Jamiyat

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan, hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent-Rostov-Don-Toshkent” va “Toshkent-Kinel-Toshkent” temir yo‘l reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur masala Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vaizrligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23-avgust 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan poezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarning olib kelish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24-avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.

Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shartligini eslatib o‘tamiz.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться