O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyat hokimi xorijdan qaytib kelgan fuqarolar bilan uchrashdi
2020-08-24 | Jamiyat
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xorijiy davlatlardan qaytgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, viloyatdan chet elga ishlash maqsadida ketganlar soni 142 ming 546 nafarni tashkil qiladi, shundan 16 mingga yaqin fuqaro pandemiya davrida viloyatga qaytib keldi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar tegishli tashkilotlarga biriktirilib, biznes reja tuzishda koʻmaklashish, kredit rasmiylashtirish va tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Viloyatda 65 turdagi servis xizmatlarini boshlash uchun 100 milliard soʻm ajratilganligi taʼkidlanib, kredit resurslari ajratilishida tadbirkorlik qobiliyatiga ega fuqarolarga ustunlik berilishi aytib oʻtildi.
Muloqot davomida Sherzod Yusupov yapon, ingliz va rus tillarini mukammal egallaganligini bildirdi. Viloyat rahbari tavsiyasiga koʻra u investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasiga ishga qabul qilindi.
Oʻ.BAROTOV, OʻzA
Manba: O'zA