O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muhim vazifalar ijrosi va istiqboldagi rejalar muhokama etildi

2020-08-24 | Siyosat

Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiyotning barcha sohalari, shu jumladan, ijtimoiy, qurilish, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, shuningdek, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nukusda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yettinchi sessiyasida bu alohida taʼkidlandi.

Sessiyada senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati aʼzolari, shahar va tumanlar hokimlari, tegishli soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, mintaqaning suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasidan jabr koʻrgan aholiga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha bildirgan fikrlari, dengiz kartasini qoʻliga olib, donor davlatlar bilan xalqaro tashkilotlarning eʼtiborini qaratgani – bu xalqimiz tomonidan hech qachon unutilmaydigan tarixiy voqealardan sanaladi. Shuningdek, 2018-yilning noyabr oyida BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida trast fondi tashkil etildi. Mazkur fondga shu kunning oʻzida Xitoy, Norvegiya, Qatar singari bir qator davlatlardan donorlik mablagʻlar kelib tushgani, bularning barchasi Orol muammosining chin maʼnodagi butunjahon muammosi sifatida tan olinganligidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 15-16-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida hududda ekologik muhitni yaxshilash hamda Orolboʻyi mintaqasining barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha mahalliy ijro hokimligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak hamda Kegeyli tumanlari hokimlarining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.
Orol dengizining qurigan maydonlaridan koʻtarilayotgan tuzli qumlar uchun “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish maqsadida oʻtgan davr mobaynida 1 million 167 ming gektardan ortiq maydonga saksovul, qandim hamda choʻlga chidamli boshqa oʻsimliklar ekildi. Har bir tashrif davomida hudud aholisiga munosib turmush sharoitini yaratish, bandligini taʼminlash, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar va qulaylik yaratish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpogʻistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish va yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha “Qoraqalpogʻiston tajribasi” yaratilishi hamda chekka tumanlarda tikuvchilik korxonalarining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan Boʻzatov, Taxtakoʻpir, Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish hamda bu sohada barcha tumanlarga berilgan imtiyozlar asosida joriy yilda 490 milliard soʻmlik 236 ta loyihani amalga oshirish va 1582 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha tasdiqlangan “Manzilli reja”ga kiritilgan 22 ming 500 nafarga yaqin yoshning bandligi taʼminlandi. Bu borada, har bir tumandan 1 gektarga issiqxona (parnik) qurish va “Moʻynoq kelajagi bunyodkorlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 1500 nafarga yaqin yoshning bandligi taʼminlanib, ushbu yoshlar dehqonchilik ishlarini amalga oshirishda har biri 2-3 nafardan oʻzining tengdoshlarini jalb qilmoqda.

Xotin-qizlar bandligini taʼminlashda chekka hududlar – Moʻynoq, Qonlikoʻl, Boʻzatov, Taxtakoʻpir va Ellikqalʼa tumanlarida tikuvchilik korxonalari ishga tushirilib, 1150 ta muhim ish oʻrni yaratildi. Yuqoridagilar qatorida Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 20-avgust kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bugungi kunda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida “Temir daftar” asosida amalga oshirilayotgan ishlar singari “Yoshlar daftari”ni va “Ayollar daftari”ni shakllantirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi. Bunda bandligi taʼminlanmagan yoshlarning hamda xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish, ularning har biri bilan birma-bir ishlash hamda ularga har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha muhim topshiriqlar berildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qaror qabul qilindi.
 

Dovud ABIBULLAYEV

Manba: O'zA

Поделиться