O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oltiariq: suvni tejovchi texnologiyalar o‘z samarasini ko‘satdi

2020-08-24 | Texnologiyalar

Joriy yilda Oltiariq tumanida 44 gektar g‘o‘za maydoni va 50 gektar bog‘da tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi.

“Saodat Azamat orzusi” fermer xo‘jaligida 20 gektar, “Rashidxon Ismatov” fermer xo‘jaligida 7,5 gektar, “Abdusalom Abdug‘ani o‘g‘li” fermer xo‘jaligida 15 gektar paxtazor hamda dasht yerlaridagi 50 gektar bog‘da joriy etilgan bu texnologiya tufayli birinchidan ishlab chiqarish xarajatlari kamayishi kutilyapti, ikkinchidan hosildorlik o‘tgan yilga qaraganda oshib, yaxshigina daromad olinishiga umid qilinyapti.  

- Buning uchun to‘la asos bor, bu haqda kuni kecha tumanimizda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan seminarda ham gapirib o‘tildi, - deydi Oltiariq tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i Akmaljon Hamroqulov. - Shuning uchun 2021-yilda 1000 gektar paxtazorda, 3000 gektar bog‘zorda, 400 gektar g‘allazorda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun fermerlarimiz shartnomalar tuzishga hozirdan kirishdilar. Tumanimizning yuqori qismidagi Povulg‘on, G‘ayrat, Yangiarab dashtlarida joriy yilning o‘tgan oylari davomida 400 gektardan ortiq yerda yangi uzumzor va bog‘ barpo qilindi. Hozirgacha bu yerlardagi uzumzor va bog‘ egalari o‘z hisobidan 10 dan ortiq tik sug‘orish quduqlari kavladilar. Endi davlat hisobidan ham shunday quduqlarni kerakli joylarga qazish uchun loyihalar tayyorlanyapti. Mazkur tik sug‘orish quduqlari tomchilatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatish uchun zamin yaratadi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi suv хo‘jаligi vаzirligi

Поделиться