O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyatining sanoat va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

2020-08-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida va vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-6042-sonli “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi joriy yilning 18-avgustdagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi joylarga chiqqan holda Surxondaryo viloyatida sanoat korxonalari holatini o‘rganish, ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun zaxiralarni aniqlash va investitsiya faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha o‘z ishini boshladi.

Farmonga muvofiq Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari eksport faoliyatini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni o‘rganib, zarur hollarda joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish, eksport salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish, investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish hamda investitsiya oqimining o‘sishi va ularning jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash, respublika hududlarida sanoatni jadal rivojlantirish hamda loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ishlab chiqarish va logistika majmualari, kadrlarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarini qamrab olgan «sanoat klasterlari»ni tashkil etish, mahalliy xom ashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, «yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish hisoblanadi.

Tahlillarning dastlabki natijalari shuni ko‘rsatdiki, Surxondaryo viloyatida 2019-yilda 4 402,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Joriy yilning yanvar - iyun oylari mobaynida tovar ishlab chiqarish hajmi 2 445,9 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,1% o‘sish). Viloyat sanoati tarkibida 42% - to‘qimachilik, 17% - oziq - ovqat, 12% - kimyo va neft - kimyo sanoati, 9% - qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi egallaydi. Viloyatda jami 3 786 ta sanoat korxonalari, shu jumladan 29 ta yirik va 3 757 ta kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joylarga chiqib ish olib borish natijasida Komissiya a’zolari tomonidan viloyat sanoat salohiyatidan foydalanish samaradorligi o‘rganildi va mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar aniqlandi, shuningdek, 290 ta faoliyatini to‘xtatgan yoki vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan, ishlab chiqarish hajmi kamaygan yoki to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar hamda hududiy investitsiya dasturi va mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning dastlabki ro‘yxati shakllantirildi.

Ushbu korxonalarni zararsiz ishlash nuqtasiga tezlik bilan chiqarish va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ularning har biriga viloyat tuman va shaharlari hokimlari, shuningdek, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari biriktirildi. Mas’ul rahbarlar zimmasiga aniqlangan muammolarni tezkor hal etish va tadbirkorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish vazifalari yuklatildi.

Amaldagi hududiy investitsiya dasturi yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ob'yektlarini yaratishga qaratilgan va ko‘plab ish o‘rinlari yaratilishi bilan tavsiflanadigan loyihalar sonini ko‘paytirish maqsadida qayta ko‘rib chiqildi va optimallashtirildi. Shu bilan birga, viloyatning kam rivojlangan hududlarida investitsiya va sanoat faolligining o‘sishini rag‘batlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Xuddi shu tartibda mahalliylashtirish dasturi ham qayta ko‘rib chiqildi: ustuvor ahamiyat yuqori iqtisodiy samara, salmoqli eksport salohiyati, ko‘plab ish o‘rinlari, amalga oshirish va ishga tushirishning qisqa muddatlariga ega loyihalarga berildi. Ushbu dasturni optimallashtirish qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish, eksport, byudjet daromadlarining sezilarli o‘sishiga erishish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi, bu esa, umuman olganda, jalb qilinayotgan investitsiyalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish va Respublika hududlarida jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.

Viloyat tuman va shaharlarining iqtisodiy salohiyati, xom ashyo bazasi, infratuzilmasi va logistika imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, muayyan tovarlarni import qilish ehtiyojlarini baholash asosida, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini to‘liq qamrab olgan va turli sanoat va hududlardagi korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy va ishlab chiqarish klasterlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Bu yo‘nalishda aniq loyihalarni ishlab chiqish uchun ustuvor sohalar - farmatsevtika, to‘qimachilik, charm-poyabzal va mebel sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ekanligi aniqlandi.

“Termiz” va “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonalarida investitsiya va sanoat faoliyatining bugungi holati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mazkur zonalarning mavjud salohiyatidan foydalanish darajasining pastligi qayd etilib, yangi investitsiya takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Keyingi hafta davomida Komissiya Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarish, eksport hajmlarini oshirish, import qilinayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tuman, shahar va korxonalar kesimida aniq amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida ishlarni davom ettiradi. Shu bilan bir qatorda respublikaning boshqa hududlarida ham shu kabi ishlar tashkil qilinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться