O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Temir yo‘l sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida

2020-08-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga binoan Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ eng yaxshi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda mamlakatimiz temir yo‘l tizimini chuqur isloh qilish ustida ishlamoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 20 avgust kuni “Boston Consulting Group” (BCG) kompaniyasi vakillari bilan videokonferens aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari v.b I.Maxkamov, vazir o‘rinbosari D.Dehqonov hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.Xosilov ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar konsalting xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzish masalasini muhokama qildi. Unga ko‘ra BCG kompaniyasi mavjud tuzilma, ish tizimi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdagi muammoli masalalarni chuqur tahlil qilgan holda mamlakatimiz temir yo‘l sohasini takomillashtirish, shu jumladan temir yo‘l kompaniyasining asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan alohida ob’yektlarni hususiylashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, bu Transport vazirligi va BCG kompaniyasi o‘rtasidagi ilk hamkorlikdagi loyiha emas. Bundan avval, 2019-yil boshida kompaniya “O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va tranzit transport oqimlari hamda unga tegishli bo‘lgan transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan edi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться