O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan onlayn-trening

2020-08-21 | Jamiyat

Joriy yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida “Gender tengligi va gender masalalari” mavzusidagi onlayn-trening o‘tkazildi.

Tadbir bir qator xalqaro tuzilmalar, xususan Frantsiyaning Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Komissiya va Qo‘mita a’zolari, bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Trening O‘zbekistonda gender tengligi va ayollarning huquq  va imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek davlat idoralari xodimlarining gender tenglik masalalari bo‘yicha xabardorlik darajasini oshirishga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda geder tenglikka erishish nafaqat demokratik qadriyatlardan biri, balki ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Jahon miqyosida orttirilgan tajriba shundan dalolat beradiki, aynan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar mavjud davlatlarda aholi turmush farovonligi va ijtimoiy-siyosiy  faolligi yuqori darajada bo‘lib, islohotlar muvaffaqiyati ta’minlanadi.

Shu jihatdan mamlakatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muhim ahamiyatga ega. Bunda avvalo davlat xizmatida band bo‘lgan yurtdoshlarimizning ushbu masalalardagi bilimlarini oshirish, ta’bir joiz bo‘lsa, qarashlarini o‘zgartirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu jihatdan treningda  gender tengligiga oid tushunchalarni atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek ishtirokchilarga sohada amal qilayotgan  milliy va xalqaro me’yoriy xujjatlar haqida ma’lumot berildi. Mavzuga oid stereotiplar, ya’ni “qolipli” qarash va tushunchalarlar haqida ham so‘z yuritildi.

Trening ishtirokchilari tomonidan zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga yordam berishning idoralararo yondashuvi, gender masalalari bo‘yicha ijtimoiy sheriklik hamda xotin-qizlarni kompleks qo‘llab-quvvatlash vazifalarini ham ko‘rib chiqildi. 

Eslatib o‘tamiz, tadbir o‘z ishini bugun davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться