O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Aktivlarni boshqarish milliy fondi bilan istiqbolli hamkorlik

2020-08-19 | Jamiyat

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya Aktivlarni boshqarish milliy fondi prezidentining tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Abdugʻaffor Qodirovni qabul qildi.

Mazkur fond 1999-yilda taʼsis etilgan boʻlib, ijtimoiy muhim loyiha va dasturlarni moliyalashtirishni oʻz oldiga maqsad qilgan. Namangan viloyatida fondning filiali tashkil etilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
 
Abdugʻaffor Qodirovning bildirishicha, fond tomonidan foyda olish koʻzlanmagan holda hududga mablagʻ jalb etiladi va ushbu mablagʻ birinchi galda uy-joy qurilishi uchun yoʻnaltiriladi. Shahar va tumanlarda barpo etilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uylardagi xonadonlar viloyatdagi uy-joyga muhtoj oilalarga uzoq muddatli toʻlov asosida maqbul narxlarda taklif etiladi. Ushbu turar-joy komplekslarida shuningdek, savdo markazi, avtoturargoh, bolalar bogʻchasi, maktab va tibbiyot punkti kabi muassasalar ham barpo etiladi.
 
Viloyat hokimi fond tomonidan ilgari surilayotgan loyihalarning ijtimoiy jihatdan eʼtiborga molik ekanligini taʼkidlab, ularni amalga oshirish borasida uzviy hamkorlik oʻrnatilishini bildirdi.
 

Hotam MAMADALIYEV(surat), OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться