O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Konsullik sohasida O‘zbekiston-Turkmaniston vazirliklararo maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2020-08-19 | Siyosat

2020-yil 18-avgustda O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa formatida navbatdagi konsullik maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat tashqi siyosaiy idoralarining konsullik xizmatlari, huquqni muhofaza qilish organlari va diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Do‘stona, konstruktiv va xayrixoh muhitda bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan bir qator konsullik masalalari va ushbu yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Migratsiya sohasidagi hamkorlikka, mavjud ikki tomonlama shartnomalar qoidalarini amalga oshirishga, ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida idoralararo hamkorlikni faollashtirish va konsullik, huquqiy va migratsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться