O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston yoshlari uchun Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi tashkil etilmoqda

2020-08-18 | Yoshlar

Joriy yil 24-28-avgust kunlari butun O‘zbekiston yoshlari uchun Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohi tashkil etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi va “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi birgalikda ushbu yirik innovatsion loyihaning tashkilotchilari hisoblanadi.

Besh kun davom etadigan mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga AKT sohasi rivojining zamonaviy tamoyillari haqida maʼlumotlar beriladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika hamda frilans taʼlim olishadi.

Yana bir eʼtiborli jihati, tadbirga AKT sohasidagi eng mashhur va tajribali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar - Angry Birds mobil o‘yini asoschisi, Google kompaniyasi rivojlantiruvchi ekspertlari va yirik IT loyihalar asoschilarining maʼruzalarini tinglash bilan birga, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob ham olishingiz mumkin.

Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohida ishtirok etish uchun 23-avgust, 21:00gacha camp.digitalgeneration.uz havolasi orqali ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tganlar ushbu loyiha ko‘magida zamonaviy texnologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться