“Edu Market” onlayn-olimpiadasida 20 000 dan ortiq maktab oʻquvchilari ishtirok etdi
Xalq taʻlimi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi, hamda Gam Zale bilan hamkorlikda tashkil etilgan Edu Market interaktiv virtual taʻlim dasturining onlayn-olimpiadasi maktab yoshidagi bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan edi.
Android va iOS platformalari foydalanuvchilari orasida oʻtkazilgan olimpiadada 12 yoshgacha boʻlgan 20 000 dan ortiq maktab oʻquvchilari faol ishtirok etdi.
Sarvinos Rivojhonova 1 hafta yakuni boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2,3 va 4 hafta natijalari boʻyicha Halima Vohidova, Zuhra Akbarovna va Alibek Baxshullaev birinchilikni egallashdi.
Eng yaxshi koʻrsatgich qayd etib, 1-oʻrin egallagan gʻoliblarga asosiy sovgʻa - PLANSHET, qolgan gʻoliblarga esdalik sovgʻalari taqdim etiladi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin boʻlib oʻtadi.
Manba: O'zA