O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston bo‘yicha videokonferensiya to‘g‘risida
2020-08-05 | Siyosat
2020-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha onlayn-konferensiya ishida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, xorijiy davlatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, xalqaro tashkilotlar va Kobulda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Forum maqsadi Afg‘oniston inqirozini hal qilish va bo‘lajak Jirg‘a maslahatiga alohida urg‘u berib, afg‘onlararo tinch muzokaralarni tezroq boshlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muhokama qilishdan iborat.
Afg‘oniston tashqi siyosat idorasi rahbari v.b. Hanif Atmar Afg‘onistondagi siyosiy jarayonga yordam bergani va koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlagani uchun qator davlatlarga, jumladan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Mamlakatda zo‘ravonlik darajasini tezroq kamaytirish muhimligi, shuningdek, afg‘on xalqining siyosiy jarayonda muhim roli qayd etildi.
Afg‘onistonda afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun har tomonlama yordam berish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi