O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Videokonferensaloqa shaklidagi Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari uchrashuvi to‘g‘risida
2020-08-03 | Siyosat
2020-yilning 3-avgust kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari darajasida videokonferensiya shaklida navbatdagi ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni hamda Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining 2020-yili Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi