O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatorlar Tashqi ishlar vazirligining 2020-yilning birinchi yarmida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati bilan tanishdi

2020-07-30 | Siyosat

2020-yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari viloyat kengashlari a’zolari Tashqi ishlar vazirligining 2020-yilning birinchi yarmida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.

Maqsad tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holatini o‘rganish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Tadbirda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Tashqi ishlar vazirligining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish borasidagi faoliyati to‘g‘risida xabardor qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi hamda Investititsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan “Muvofiqlashtiruvchi guruh” ko‘rinishida joriy etilgan yangi mexanizm “diplomatik vakolatxonalar-vazirliklar-hokimliklar” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkor ma’lumot almashishni o‘z ichiga oladi.

Yil boshida har bir hududga qo‘shimcha ravishda 10 ta diplomatik vakolatxona biriktirilgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari respublikaning har bir tuman va shaharlariga biriktirilgan, ular ITSV bilan birgalikda mahalliy hokimiyat organlariga tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalarini ilgari surishda yordam berishmoqda.

Masalan, joriy yilning aprel-iyun oylarida elchixonalarning bevosita yordami bilan umumiy qiymati 513 million AQSh dollariga teng 492 ta yangi eksport shartnomalari tuzildi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida diplomatik vakolatxonalar Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda umumiy qiymati 814 million AQSh dollariga teng 106 ta loyihani ishlab chiqdilar, ularni chet elda yashayotgan vatandoshlar ishtirokida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ilhom Ne’matov Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimizda “COVID-19” pandemiyasining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi. Xususan, jami 11,6 million dollarlik gumanitar yuklar hamda moliyaviy va texnik yordam jalb etildi.

Bundan tashqari, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining zarar ko‘rgan hududlariga yordam berish uchun O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari 700 ming dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatdilar.

Uchrashuvda Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari so‘zga chiqib, tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish borasida aniq takliflarni bildirdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться