O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Ukraina maslahatlashuvlariga oid
2020-07-30 | Siyosat
2020-yilning 29-iyul kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining shartnoma-huquq bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
Ukraina TIV delegatsiyasiga Xalqaro huquq departamenti direktori o‘rinbosari Sergey Koledov va ushbu Departament maslahatchisi Ivan Novitskiy boshchilik qildilar.
Maslahatlashuvlar chog‘ida amaldagi shartnoma-huquq bazasining joriy holati muhokama qilindi va ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Savdo-iqtisod, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida amaliy ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqishni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Idoralararo siyosiy muloqotni va o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish maqsadida ekspertlar ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasidagi davriy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishni boshlashga kelishib oldilar.
Uchrashuvda delegatsiyalar, shuningdek, ikki mamlakatning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatidagi ishtiroki, shu jumladan, xalqaro huquq normalarini progressiv rivojlantirish va kodifikatsiya qilish masalalari bo‘yicha fikr va tajriba almashdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi