O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-07-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-iyul kuni Turkiya Respublikasiga hukumat delegatsiyasining tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti S.Kayalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiyadagi mavjud epidemiologik vaziyat, pandemiyaning har ikki mamlakat aholisi va iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda davlat boshqaruvi, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikning qator dolzarb masalalari, shuningdek, madaniy va tarixiy merosni saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya tomoniga Sardoba suv omborida ro‘y bergan texnogen halokatining oqibatlarini bartaraf etishdagi yordami va O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda Turkiyaga amalga oshirgan tashrifidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganligini ta’kidladilar. Xususan, TIKA bilan hamkorlik o‘rnatilganidan buyon sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ta’lim muassasalarini zamonaviylashtirish borasida umumiy qiymati 52,4 mln dollarlik 800 loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘tgan uch yil mobaynida Agentlik ko‘magida umumiy qiymati 26 mln dollarlik 147 loyiha amalga oshirildi. Shu nuqtai nazardan, texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib oldilar.

Shuningdek, yaqin kelajakda hamkorlik uchun aniq yo‘nalishlar, jumladan, O‘zbekiston davlat organlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, Buxoro shahridagi “Ark” majmuasidagi masdjidni va Xiva shahridagi “Ibrohimboy” ansamblining madrasasini qayta ta’mirlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Orol dengizi hududini ko‘kalamzorlashtirish, TIKA ishtirokida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv markazini tashkil qilish, O‘zbekiston soliq va moliya sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazifalari 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan dasturni shakllantirish va hamkorlikning muhokama qilingan yo‘nalishlari doirasida loyihalarni jadal amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan qo‘shma ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться