O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar

2020-07-29 | Siyosat

2020-yil 28-iyul kuni “Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyati: yangi imkoniyatlar” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Muloqot “Delovaya Rossiya” Umumrossiya jamoat tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda videokonferensiya aloqasi orqali O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi, Rossiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi, “Rossiyskiy eksportniy sentr” va “Azia-Invest Bank” Aksiyadorlik jamiyatlari rahbariyati va vakillari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilarining umumiy soni 100 nafardan oshdi.

Vebinar davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarining zamonaviy holati va ularni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. Mamlakatlarimizning eksport yoki import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur moliyaviy vositalarni ishlab chiqish zarurligi qayt etildi.

O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan Rossiya kompaniyalarining tajribasi va muvaffaqiyatlari atroflicha tahlil etilib, bu boradagi mavjud muammolar ko‘rsatib o‘tildi va ularni hal etish yo‘llari taklif etildi.

O‘zbekistonda (Toshkent shahrida) Rossiya savdo uyi va Rossiyada (Samara shahrida) O‘zbekiston savdo uyini ochish bo‘ycha loyihalarning borishi yuzasidan fikr almashildi

Mazkur tadbir O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi tomonidan davlatimiz Rahbari belgilab bergan Rossiya bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mahalliy tadbirkorlarga Rossiya bozoriga kirishda ko‘maklashish, Rossiya sarmoyasi va texnologiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalarini amalga oshirishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться