O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyatida investitsiya faoliyatini monitoring qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda

2020-07-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov raisligida videokonferentsiya shaklida ishchi guruhning Surxondaryo viloyatiga yaqinda bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida hududiy rivojlanish dasturini qayta ko‘rib chiqish va yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar bajarilishining monitoringiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat tuman va shaharlarining resurs va investitsiyaviy salohiyatining chuqur tahlili har bir loyihaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, rentabelligi va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini baholashga imkon berdi.

Yig‘ilish davomida tarmoq idoralari, tijorat banklari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga har bir amalga oshirilayotgan loyihaning alohida reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

2020 yil oxiriga qadar ishga tushiriladigan 832 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur kredit resurslari, yer maydonlari, bo‘sh turgan bino va inshootlarni joriy yilning 1 sentyabrgacha ajratilishini, 2021 yilning birinchi yarmida ishga tushiriladigan 288 ta loyiha uchun esa - joriy yilning 1 oktyabrigacha ajratilishini ta’minlash topshirildi.

Ushbu loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tuman va shaharlar sektorlari rahbarlarini jalb qilgan holda yangi monitoring tizimini joriy etish topshirildi. Tizim asosida “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tarmoq boshqarmalari - tarmoq ho‘jalik birlashmalari - tijorat banklari - tuman (shahar) sektorlari” bo‘g‘inidagi mas’ul rahbarlarning doimiy o‘zaro hamkorligi bo‘ladi.

Sohalar bo‘yicha rahbarlar mas’uliyatining belgilanishi ham tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarga tezkor javob berishga yordam beradi.

Xususan, sektor rahbarlari yer uchastkalarini ajratishda, qurilish uchun ruxsat olishda va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda bevosita yordam beradi.

Kredit resurslarini o‘z vaqtida ajratishga tijorat banklari rahbarlari mas’ul bo‘ladi.

Tarmoq boshqarmalari va ho‘jalik birlashmalarining rahbarlari loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va yangi tashkil etilayotgan korxonalarning ho‘jalik faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qilish bo‘yicha javobgar bo‘lishadi.

ITSVning tegishli tarkibiy bo‘linmalari loyiha amalga oshirilishining umumiy monitoringini olib boradi, shuningdek, texnologik uskunalar va chet ellik mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, sektor rahbarlari manzilli ravishda aniq loyihalarga biriktirildi: tuman va shaharlar hokimlari - 2,6 trln so‘mlik 495 ta loyihaga, tuman va shahar prokurorlari - 3,3 trln so‘mlik 350 ta loyihaga, ichki ishlar organlari rahbarlari - 4,3 trln so‘mlik 402 ta loyihaga, soliq organlari rahbarlari - 1,8 trln so‘mlik 274 ta loyihaga biriktirildi. Sektor rahbarlari yangi ishlab chiqarish ob'yektlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish maqsadida tadbirkorlar va investorlarga har qanday zarur bo‘lgan yordam ko‘rsatadi.

Shuningdek, viloyatdagi iqtisodiy o‘sish “drayverlaridan” to‘liq foydalanish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shimcha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi o‘rganildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться