O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya va muzokaralar olib borish guruhining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

2020-07-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 21-iyul kuni JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borish guruhining videokonferentsiya shaklida qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni komissiya raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov olib bordi.

Majlisda JSTga a’zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 7-iyul kuni 60 dan ortiq JSTga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirok etgan O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha 23 davlat vakillari va JST Bosh direktorining o‘rinbosari A.Vulf O‘zbekistonni Tashkilotga kirishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi haqida bayonot bergani uning alohida ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Ekspertlarning fikricha, Tashkilot tarixida ilk bor 15 yillik pauzadan so‘ng muzokaralar jarayonini qayta boshlagan Ishchi guruhning birinchi yig‘ilishidayoq JSTga a’zo mamlakatlar tomonidan O‘zbekistonning Tashkilotga kirishi bo‘yicha Ishchi guruh Ma’ruzasining asosi hisoblangan Faktologik xulosani tayyorlash bosqichiga birdaniga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Majlis davomida JSTga a’zo mamlakatlar bilan tovar va xizmatlarning bozorlarga chiqishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borishi haqida ma’lumot berildi.

Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga strategik hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish, vakolatli xodimlar va mutaxassislarni jalb etish, JSTga a’zo mamlakatlarning savollariga javob berish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash maqsadida muzokaralarga sifatli tarzda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida ko‘rsatma berildi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tayyorgarlik jarayonini muvofiqlashtiradi va uning doimiy monitoringini olib boradi.

Majlis yakunida O‘zbekistonning JSTga kirishi yuzasidan muzokaralarning keyingi bosqichiga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi, aniq rejalar belgilab olindi va bu jarayonda ustuvor vazifalar qayd etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться