O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Avstriya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2020-07-24 | Siyosat
2020-yilning 21-iyul kuni Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari – TIV siyosiy direktori Gregor Kyossler bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Avstriya munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi, o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikning izchil rivojlanayotganligi qayd etildi.
Oliy va yuqori darajalardagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish hamda ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida muntazam siyosiy masalahatlashuvlarni o‘tkazish orqali siyosiy muloqotni davom ettirishning muhimligi ta’kidlandi.
Avstriya TIV rahbari o‘rinbosari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli iqtisodiy islohotlar va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar sababli Avstriyaning yirik kompaniyalarida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish ortayotganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.
Avstriya tomoni O‘zbekiston bilan xalqaro tashkilotlar doirasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini ta’kidladi.
Ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalaridagi O‘zbekiston-Avstriya aloqalarini kelgusida ham rivojlanrishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi