O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2020-07-20 | Siyosat

2020-yil 17-iyul kuni Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger va YXHT Doimiy kengashi raisi Igli Hasani bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Tomas Greminger O‘zbekiston bilan YXHT o‘rtasida izchil rivojlanayotgan hamkorlikni yuqori baholadi. U YXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda katta rivojga erishilgani aynan uning ushbu lavozimda ishlayotgan muddatiga to‘g‘ri kelganligidan bag‘oyat mamnunligini izhor etdi.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar O‘zbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaq yangi bosqichiga olib chiqdi va YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar ochdi.

Tomas Gremingerning YXHT Bosh kotibi sifatidagi vakolati tugayotganligi munosabati bilan, O‘zbekiston tomoni uning Tashkilot rahbari sifatida muvaffaqiyatli ish olib borgani, shuningdek, O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishdagi shaxsiy hissasi va xizmatlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

YXHT Doimiy kengashi Raisi bilan uchrashuv chog‘ida Albaniyaning Tashkilotga raisligi nuqtayi nazaridan YXHTning joriy faoliyati yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan YXHT bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться