O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Hindiston hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2020-07-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Hindistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi, mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Santosh Dja bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida investitsiya, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida investitsiya sohasidagi sheriklikning ijobiy o‘zgarayotganligi qayd etildi - 2019-yil oxirida mamlakatimiz hududida faoliyat yuritayotgan Hind korxonalari sonining sezilarli darajada o‘sishi tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hind investitsiyalarining o‘sishi 17% ni tashkil etdi. O‘zaro savdo sohasida ham rivojlanish kuzatilgan - 2019-yilning oxiriga kelib savdo aylanmasi dinamikasi 24,1% o‘sishni ko‘rsatdi. Shu bilan birga, uchrashuv ishtirokchilari har ikki mamlakat iqtisodiyotining mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun bu boradagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar. Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi va O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari, farmatsevtika, to‘qimachilik ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va qurilish materiallari sohalarida yangi investitsiya va eksport shartnomalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni barqaror rivojlanishi uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama loyihalarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni ilgari surish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘mitasining 1-chi yig‘ilishini yaqin vaqtlarda o‘tkazish maqsadida sa’y-harakatlarni birlashtirishga ham kelishildi.

Hindiston Eksimbankining O‘zbekistondagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit liniyasini oshirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorligining hajmini kengaytirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Gumanitar sohadagi sheriklikni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlar ham ta’kidlandi: 2019-yilning oktabr oyida Andijon viloyatida Sharda universitetining filiali ochildi, unda elektron va kommunikatsiya muhandisligi, biznes boshqaruvi va savdo sohasida mutaxassislar tayyorlanadi va joriy yilning fevral oyida Amiti universitetining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt va menejment sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan filiali ochildi. Shu nuqtai nazardan Dehli farmatsevtika ilmiy-tadqiqot universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Toshkent farmatsevtika institutida mazkur universitetning filialini ochish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Santosh Djaga O‘zbekiston hukumati nomidan O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan beqiyos hissa uchun minnatdorchilik bildirildi, shuningdek, Hindiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi va YeIdagi elchi sifatida akkreditatsiya qilinishi sababli yangi lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish istaklari bildirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться