O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tailand Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-07-14 | Siyosat
2020-yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov videokonferensaloqa shaklida Tailand Qirolligi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vijavat Isarabakdi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Tailand munosabatlarining hozirgi holati va ustuvor yo‘naliashlari muhokama qilindi.
Tomonlarning turli darajalardagi siyosiy muloqotni kengaytirishga tayyorligi bildirildi. Shu munosabat bilan bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni, jumladan O‘zbekiston va Tailand tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish jadvali ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat uchun ham savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirishning muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi, o‘zaro savdo hajmlarini yanada oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
TIV rahbarlari o‘rinbosarlari ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasidagi munosabatlarning ijobiy dinamikasini, xalqaro kun tartibining qator masalalari bo‘yicha mavqelarining o‘xshashligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi