O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IHTning ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi rahbarlari bilan muzokaralar to‘g‘risida

2020-07-10 | Fan

2020-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov videokonferensaloqa shaklida Islom hamkorlik tashkilotining Ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) Bosh koordinatori Iqbol Chaudri va COMSTECH maslahatchisi Xurshid Xasnayn bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida COVID-19 pandemiyasi fonida O‘zbekistonning fan va texnologiya sohasidagi COMSTECH bilan hamkorligi holati va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, COMSTECH rahbariyatining 2017-2019-yillarda O‘zbekistonga bir qator tashriflari uyushtirildi, ular natijasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi ” imzolandi.

COMSTECH bosh koordinatori O‘zbekistonda koronavirus oqibatlariga qarshi kurashish va mamlakat iqtisodiyotining barcha sektorlari va tarmoqlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashishi sharoitida olimlar, shuningdek, COMSTECH mamlakatlarining tegishli idoralari vakillari ishtirokida koronavirus va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurash, qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish uchun bir qator ilmiy va amaliy vebinarlar va videokonferensiyalar o‘tkazishga kelishib olindi.

Videokonferensiya davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться