O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDHga a’zo davlatlar Gumanitar hamkorlik kengashi va Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘arma boshqarmasining qo‘shma majlisi to‘g‘risida

2020-07-10 | MDH

2020-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida MDHga a’zo davlatlar Gumanitar hamkorlik kengashi va Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘arma (GHDJ) boshqarmasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ishtirok etdi.

Majlisda GHDJning 2019-yildagi amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi, Fondning joriy, jumladan hozirgi epidemiologik vaziyatdagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi. 2021-yilga mo‘ljallangan davlatlararo loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

MDHga a’zo davlatlarning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться