O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AT-maktabi EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

2020-07-09 | Texnologiyalar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab jahonga mashhur EPAM Systems kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari uchun xalqaro kompaniya mutaxassislari ishtirokida treninglarni o‘tkazish va O’zbekistondagi AT-sohasi vakillari o’rtasidan yuqori malakali va yetuk murabbiylar - mentorlarni tayyorlashdir. Treninglarda veb dasturlash bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlari bo’lib o’tadi.

EPAM Systems — dasturiy ta’minot ishlab chiqish va AT-sohasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jahondagi eng yirik korxonalaridan biri. Bugungi kunga qadar kompaniya 30 dan ortiq mamlakatlarda faoyliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya MDH davlatlarida ham o‘z vakolatxonalarini ochgan (Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston). Bundan tashqari, EPAM Systems Belarus Yuqori texnologiyalar parkining rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться