O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

2020-07-09 | MDH

MDHga a’zo davlatlar Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashining 15-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi - Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirok etdi.

Videoanjuman shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda Kengashga a’zo davlatlar (O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston) delegatsiyalari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi va Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-metodik markazi vakillari qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, delegatsiyalar tomonidan Yevroosiyo mintaqasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq muhim masalalar, shuningdek mazkur sohadagi milliy tizimlarni mustahkamlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan choralar muhokama qilindi.

Jumladan, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xatarini baholash bo‘yicha xalqaro markazni yaratish loyihasi bo‘ldi. 

Ushbu markazga huquqiy maqom berish hamda Kengashga a’zo davlatlarning ushbu loyiha doirasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kengash yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tashabbus qilingan kriptovalyuta aylanmasi yuzasidan o‘tkazilgan tahliliy tadqiqot natijalari tasdiqlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari kriptovalyuta tizimida kriminogen vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Yig‘ilish doirasida delegatsiyalar tomonidan Kengash va uning ishchi guruhlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining bu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi milliy tizim salohiyatining oshishiga, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning kuchayishiga xizmat qiladi.

Manba: O'zA

Поделиться